Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog'liq
Shavkat Mirziyoyev

"Sirdaryo-Qorako'l" maktab internati

"Sirdaryo-Qorako'l" maktab internati Sirdaryo viloyati hokimi G'ofurjon G'aniyevich Mirzayevning tashabbusi bilan "Qorako'l xalqaro matematika maktab"i asoschilari hamkorligida 2020-yil 1-sentabrdan o'z ish faoliyatini boshladi. Hozirda ushbu ta'lim muassasida 240 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.

Sirdaryo-Qorako'l maktab internati matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlariga ixtisoslashgan bo'lib, bu yerda asosan matematika, ingliz tili, fizika, kimyo, biologiya fanlari chuqurlashtirilib o'rgatiladi. Maktab internatini tashkil etishdan asosiy maqsad Sirdaryo yoshlarini ham xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini va o'quvchilarning oliy ta'lim muassalariga kirish ko'rsatkichlarini yuqori pog'onalarga ko'tarish.

Maktab binosi

Maktabga kirish

Sirdaryo-Qorako'l maktab internatida o'qish uchun o'quvchi yoshi 14dan katta bo'lishi kerak. Ya'ni maktabga o'quvchilar 7-sinfdan boshlab qabul qilinadi va maktab imtihonlarida qatnashib yuqori ballni olishi kerak bo'ladi.

Maktab talablari

O'quvchiga maktabga qabul qilinganidan unga qo'yiladigan talablar: tirishqoqlik bilan fanlarni o'zlashtirishi, doimo oldinga harakatda bo'lishi hamda doimo toza, ozoda va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda yurishi hisoblanadi.

O'quvchiga imkoniyatlar

Maktabdagi har bir o'quvchiga beriladigan eng qimmatli imkoniyat bu - sifatli ta'lim hisoblanadi. Maktabda o'quvchilar dars davomida va kunning ikkinchi yarmida ham o'zlari tanlagan yo'nalish bo'yicha o'qitilishidir.

Yangiliklar

Maktab hayotidagi yangiliklar

alternative

Qo'qon olimpiadasiga yo'llanmalar

Yaqinda bo'lib o'tgan "Qo'qon olimpiadasi" viloyat bosqichida 4-kishi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi...

alternative

Kumush medal sohibi

Qozog'istonda bo'lib o'tgan, matematika bo'yicha onlayn olimpiadada 10-sinf o'quvchisi Qodirqulov Ilg'orjon III o'rin bilan bronza medalni qo'lga kiritdi...

alternative

Viloyat g'oliblari

Fanlar bo'yicha bo'lib o'tgan Viloyat olimpiadasida maktabimiz o'quvchilari faxrli o'rinlarni egallashdi. Ular 7 nafar bo'lib, 10-sinflardan 3 kishi, 9-sinflardan 4 kishini tashkil etadi.

Maktab rahbariyati

Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.

alternative
Bozorov G'olibjon Qoryog'diyevich - tarix fani o'qituvchisi.
G'olib Bozorov - Direktor
alternative
Sharipov Suxrob Asatullayevich - kimyo fani o'qituvchisi.
Suxrob Sharipov - O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
alternative
Qobulova Zuhra G'aybullayevna - ona tili fani o'qituvchisi.
Zuhra Qobulova - Ma'naviyat bo'yicha direktor o'rinbosari
alternative
Ergashev Abbos Aliyevich - matematika fani o'qituvchisi.
Abbos Aliyevich - Ixtisoslashgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.
alternative
Ramozonov Murod Nurmamat o'g'li - tarix fani o'qituvchisi.
Murod Ramozonov - Yoshlar ittifoqi yetakchisi
alternative
Xamroyev Komil Salimovich - xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.
Komil Xamroyev - Xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Maktab o'quvchilarining hozirgi kundagi bilim salohiyati haqida

Quyidagi jadvalda maktabda har hafta olinib boriladigan test va yozma ishlar natijalarining sinflar kesimidagi foizlari berilgan. Ushbu natijalar har hafta hisobiga yangilanib sinflar reytingi e'lon qilinib boriladi.

1
Jami
nafar
1
A'lochi
nafar
240
Passiv
nafar
Texnika yo'nalishi monitoringi
Sinfi Matematika Fizika Ingliz tili
7A 57% 60% 68%
8A 32% 40% 38%
9A 84% 48% 70%
10A 73% 70% 46%
Iqtisod yo'nalishi monitoringi
Sinfi Matematika Fizika Ingliz tili
7B 62% 76% 74%
8B 60% 70% 78%
9B 78% 66% 62%
10B 74% 68% 66%

Maktab manzili

Aloqa

Ma'lumotlaringizni kiriting!

Biz bilan bog'lanish uchun manzillarimizni oling yoki ro'yxatdan o'ting va admin bilan bog'laning.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.